16:35 / 11.01.2025
0

Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi

Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Bolalarni nazoratsiz qoldirish yomon oqibatlarga va hatto koʻngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin. Endigina 2 yoshni qarshilayotgan fargʻonalik Samira Toirjonavada xuddi shunday holat kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum boʻlishicha, qizaloq magnit sharchalar bilan oʻynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt oʻtishi bilan sharchalar qornida yigʻilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan.

Ota-onasi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona viloyati filialiga murojaat qiladi. Tekshiruvlar oʻtkazilganida qorinning ikki yonida magnitlar yigʻilib qolgani aniqlangan.

Shifokorlar konservativ usulda davolashga kirishib, qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini chiqarib oladi, ammo aksariyati ichkarida qolayotgandi...

Vaziyat tezkor choralar koʻrishni taqozo etardi. Shu bois ota-ona bolani Toshkentga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib keladi. Bu erda goʻdak yana bir bor tekshiruvdan oʻtkazilgach, jarrohlik amaliyoti boshlab yuboriladi.

Shifokorlar sa'y-harakati bilan qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharcha olindi.

Toʻrt yarim soat davom etgan ushbu murakkab operatsiyani tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov hamda markazning Nozim Oʻrmonov, Dilmurod Sabirov kabi tajribali mutaxassislari amalga oshirdi.

Ayni chogʻda u shifokorlar nazoratida oʻzini yaxshi his etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat