Foto: Jahongir Latipov / YouTube
Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli ozodlikka chiqdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.
Salimboy bugun, 12 yanvar kuni jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan.
Salim Abduvaliyev haqida
Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev 1950 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, ma'lumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.
U 2023 yilning dekabrida Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida qoʻlga olingandi. Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (oʻqotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) bilan gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyevga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e'lon qilindi.
Unga muvofiq Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgani sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.
Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mushuklar bizning “myov” qilishimizga qanday munosabat bildiradi?
Toshkentda Cobalt avtomashinasi yonib ketdi
Haydovchilarga tavsiya: nima uchun mashinani kurtkada boshqarish xavfli?
Qoyilmaqom majlis (hajviya)
Hech qachon jahli chiqmagan odam
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?