10:16 / 13.01.2025
25

Jizzaxda fuqaro ilonni tiriklay edi

Jizzaxda fuqaro ilonni tiriklay edi
Ijtimoy tarmoqlarda kulvor ilonni tiriklay egan fuqaro haqida videlavha tarqaldi. Mazkur hodisa boʻyicha Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Zomin tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida ushbu holat fuqaro Q.H. tomonidan sodir etilganligi ma'lum boʻldi.

Fuqaro bu harakati bilan nafaqat jamiyat axloq-odob me'yorlarini buzgan, balki Oʻzbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunining 4, 30, 51, 53-moddalari talablarini buzgan. Ilonlar mamlakatning "Qizil kitobi"ga kiritilgan yoki yovvoyi hayvonlarni himoya qilish qonunlari bilan qoʻriqlanadigan turlardan biri boʻlishi mumkin.

Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga koʻra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz muomala qilish, ularni azobga solish yoki oʻldirish taqiqlanadi. Mazkur fuqaro ushbu normalarni buzganligi uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Jumladan, davlat inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismi bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln.) miqdorida jarima qoʻllanildi. Shuningdek, 1 125 000 soʻm miqdorida tabiatga zarar etkazilgani hisoblandi.

Hozirgi kunda jamiyatda bunday harakatlar nafaqat qonunbuzarlik sifatida baholanadi, balki jamoatchilik ongida salbiy munosabat uygʻotadi. Jamiyat a'zolarining tabiatni himoya qilishga boʻlgan mas'uliyatini oshirish, hayvonlarga nisbatan shafqatli munosabatni shakllantirish muhimdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda fuqaro ilonni tiriklay edi