Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Hilton mehmonxonasi oldida ijtimoiy tarmoqlarga video olish maqsadida oʻzaro janjal uyushtirib, jamoat tartibini buzgan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Jasurbek Shodiyev («Jasjan») va Sadaf Saidova 11 yanvar kuni soat 12:00 larda Shayxontohur tumani hududida joylashgan Hilton mehmonxonasi oldida, jamoat joyida boʻla turib, bir-birlarini haqorat qilishgani haqidagi videolavha olgan va shu erda boʻlgan fuqarolarning tinchligini buzgan.
Sud majlisida huquqbuzar Shodiyev aybiga iqrorligini, qilmishidan poʻshaymon ekani, qaramogʻida bir nafar voyaga etmagan farzandi, nogiron ukasi borligini inobatga olib, unga nisbatan yengillik berishni soʻragan. Oʻz navbatida Saidova ham jamoat tartibini buzganini tan olgan, talaba ekani, oʻziga xulosa chiqarganini bildirgan.
Sud Jasurbek Shodiyevni Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan va unga 5 sutka ma'muriy qamoq jazosini tayinlagan. Jazo oʻtalganidan soʻng undan ma'muriy qamoqqa olinganlarni saqlash muassasasi foydasiga ma'muriy qamoqning har bir sutkasi uchun BHMning 15 foizi miqdorida mablagʻ undirish belgilangan.
Shuningdek, fuqaro Sadaf Saidova ham Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi boʻyicha aybdor deb topilgan va unga BHMning bir baravari (375 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Joriy yilning yanvar boshlarida ushbu bloger «kontent uchun» hojatxona qogʻozlari bilan ekologiyaga zarar etkazgani uchun javobgarlikka tortilgan edi. 2022 yil sentyabrda esa uning Instagram akkaunti koʻzdan kechirilgan vaqtda, jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinib, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi videomateriallar joylashtirib kelgani aniqlangandi. Oʻshanda Jasurbek Shodiyevga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkent shahridagi «A» yoʻlakda qaysi holatlar uchun jarima yozilmaydi?
Toshkentda gʻaroyib firibgarlik sodir etildi: “Oyi, men avariyaga uchradim”
Ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi hayot: “Hech bir sababsiz xasta boʻlayotganlar bor”
"Instagram"dagi firibgar javobgarlikka tortildi
Shavkat Mirziyoyevning Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Oʻzbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi