19:45 / 16.01.2025
41

Toshkentda AQShga ishga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkentda AQShga ishga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. fuqaro B.G.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali AQShga borishi uchun viza olib berib, u erda ish bilan ta'minlashi evaziga 40 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Bundan avval ham Toshkent va Samarqandda fuqarolarni AQShga yuborishni va'da qilgan shaxslar qoʻlga olingandi.

AQShga noqonuniy borish

Oʻzbekistondan AQShga noqonuniy borish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari haqida xabar berilishiga qaramay, bunday holatlar tez-tez qayd etilmoqda. Xususan, 2024 yil fevralida AQShga aldov yoʻli bilan yubormoqchi boʻlgan etti kishi ushlandi. Aprel oyida Oʻzbekistonning toʻrt hududida AQShga noqonuniy yoʻllar bilan yuborishni va'da qilgan yana bir necha shaxslar ushlandi. Ular bu maqsadda 14—19 ming dollar atrofida pul talab qilgan.

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi noqonuniy migratsiya xavfli va serxarajat urinish ekanini bildirib, Oʻzbekiston fuqarolarini odamlarni tovar sifatida koʻradigan jinoiy guruhlar yolgʻon va'dalariga ishonib, jabrdiyda boʻlishdan ogohlantirgan.

2024 yilda AQSh hukumati 572 oʻzbekni deportatsiya qilgan. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 6,5 baravar koʻp. 2013 yilda 88 kishi, 2022 va 2021 yillarda esa deportatsiya qilingan oʻzbekistonliklar soni mos ravishda 21 va 55 kishini tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat