Toshkent metropolitenida 19 yoshli yigit oʻzini poyezd ostiga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 17 yanvar kuni soat 22:40 larda Qoʻyliq yoʻlining «Turon—Doʻstlik» yoʻnalishida harakatlanayotgan elektropoyezd «Olmos» bekatiga kirib kelayotgan vaqtida, 2006 yilda tugʻilgan yigit oʻzini uning ostiga tashlagan.
Bekatda xizmat olib borayotgan naryad xodimlari jabrlangan fuqaroni vagon tagidan chiqarib olgan. Yigit tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar