17:27 / 19.01.2025
146

Fargʻona va Andijonda valyutafurushlar ushlandi

Fargʻona va Andijonda valyutafurushlar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida, Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, departamentning Buloqboshi tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan N.O. fuqaro S.Q.dan 4 000 AQSh dollarini 51,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlangan.

Tekshiruv davomida uning yonidan 586 AQSh dollari, 14 750 Rossiya rubli, 4 770 Qirgʻiziston somi va 74,8 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.A. fuqaro M.X.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat