Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov lavozimidan ketdi. 22 fevral kuni OʻFAning navbatdan tashqari saylov Kongressi boʻlib oʻtadi.
Assotsiatsiya nizomiga binoan, Kongress oʻtkazilgunga qadar OʻFA prezidenti vazifalari OʻFA birinchi vitse-prezidenti – Ravshan Ermatov zimmasiga yuklatiladi.
Abdusalom Azizov haqida
Abdusalom Azizov (1960 yilda tugʻilgan) 2019 yil fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha u 2017 yilning sentyabridan Mudofaa vazirligini boshqarib kelgan.
2002—2006 yillarda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi boʻlgan.
2006 yil sentyabridan 2008 yil noyabrigacha “Oʻzneftmahsulot” korxonasini (“Oʻzbekneftgaz” shoʻba korxonasi) boshqargan.
2008 yilning noyabr oyida u Ichki ishlar vazirligiga qaytib, oʻsha yilning noyabr dekabr oylarida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, 2008 yilning dekabridan 2009 yilning dekabriga qadar — Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2009—2017 yillarda Jizzax viloyati IIB boshligʻi lavozimida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar