Oʻzbekiston elchixonasi yordamida Misrning Sabbour investitsion konsalting kompaniyasi bosh ijrochi direktori Umar Sabbur va mamlakatimizdagi B.Invest Group kompaniyasi moliyaviy direktori Otabek Xudoyberganov oʻrtasida muzokaralar tashkil etildi.
Foto: Dunyo
Suhbat chogʻida soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil ma'lumotlar berildi.
Misr tomoni Oʻzbekistonning togʻli hududlarida turistik majmualar barpo etish, aholiga xizmat koʻrsatish, zamonaviy turar joy qurish kabi imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar Sabbour kompaniyasi rahbarining kelgusi oyda Toshkentga tashrifini uyushtirish va istiqbolli investitsion loyihalarda uning ishtirokini muhokama qilishga kelishib oldi.
Sabbour investitsion konsalting kompaniyasi 1996 yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirda Misr, shuningdek, Ispaniya, BAA va Gretsiyadagi koʻplab koʻchmas mulk loyihalari, zamonaviy turar joy maskanlarini barpo etishda ishtirok etib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar