Sirdaryoda savdo majmuasi bank ixtiyoriga oʻtkazildi. Biroq, imkoniyatdan oqilona foydalanmasdan kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarmaslik holatlari ham, afsuski, uchrab turadi.
Bunday holatlarda, banklar kreditni undirish uchun sudga murojaat qilishadi va sudlar ijro etish uchun hujjatlarni Byuro organlariga yuborishadi.
Davlat ijrochilari kreditni undirish uchun dastlab, qarzdor tomonni ogohlantirib, unga imkoniyat berishadi. Lekin natija boʻlmagach, majburiy ijro harakatlariga kirishiladi. Korxonaga tegishli boʻlgan ob'ektlar, garov mulki va boshqa mol-mulklar auktsion savdolariga ham chiqarilishi mumkin.
Misol uchun, Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan “Asaka bank” AJ foydasiga qarzdor “S.P” MChJdan jami 23,9 mlrd. soʻm kredit qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasiga koʻra qarzdor jamiyatga tegishli boʻlgan Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Shodlik MFYda joylashgan koʻchmas mulk binosi xatlanib, 11,4 mlrd. soʻm boshlangʻich narxda auktsion savdosiga qoʻyilgan.
Mazkur garov mulki oʻtkazilgan auktsion savdolarida sotilmaganligi sababli 10 foiz arzonlashtirilgan 10,3 mlrd. soʻm narxda kredit qarzdorligi evaziga undiruvchi “Asaka bank” AJ balansiga topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar