18:22 / 27.01.2025
879

Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida «Qoplonbek» va «Navoiy» nazorat-oʻtkazish punktlari ochildi

Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida «Qoplonbek» va «Navoiy» nazorat-oʻtkazish punktlari ochildi
Qozogʻiston va Oʻzbekiston hukumati «Qoplonbek» va «Navoiy» nazorat-oʻtkazish punktlarini ochdi, biroq ular cheklovlar bilan ishlaydi, deb xabar berdi Tengrinews.

Qozogʻiston Davlat daromadlari qoʻmitasining tushuntirishicha, Oʻzbekiston tomoni modernizatsiya boʻyicha qurilish ishlarini yakunlash uchun tez orada «Gʻisht-Koʻprik» nazorat-oʻtkazish punktini (Qozogʻiston tomonidagi «Jibek yoʻli» punkti) vaqtincha yopib qoʻyadi.

Shu bois davlatlar jismoniy shaxslarning piyoda oʻtishi, yengil avtomobillar va avtobuslar oʻtishi uchun «Qoplonbek» (Qozogʻiston tomonidan) va «Navoiy» (Oʻzbekiston tomonidan) nazorat-oʻtkazish punktlarini ochishga kelishib oldi.

Foto: Kgd.gov.kz
«Qozogʻiston va Oʻzbekiston tomonlari bir vaqtning oʻzida «Qoplonbek» va «Navoiy» nazorat-oʻtkazish punktlarida modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirdi va bugun ushbu oʻtkazish punktlarining texnik ochilishi boʻlib oʻtdi. Foydalanishga topshirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 27 yanvardan 5 fevralgacha jismoniy shaxslar, yoʻlovchi transport vositalari va avtobuslarning cheklangan miqdori oʻtkaziladi. 5 fevraldan nazorat-oʻtkazish punkti toʻliq quvvatda ishlaydi», deyiladi Davlat daromadlari qoʻmitasi xabarida.

Keyinchalik, tomonlar kelishuviga erishgandan soʻng, ikkinchi bosqichda ushbu nazorat-oʻtkazish punktlarida yuk avtotransport vositalarining oʻtishi koʻzda tutiladi.

Qoʻmita qoʻshimcha qilganidek, «Qoplonbek» nazorat-oʻtkazish punkti jismoniy shaxslarning oʻtkazish qobiliyatini kuniga 20 mingtaga, transport vositalariniki esa 800 tagacha oshirishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat