11:05 / 03.02.2025
209

Xorazm va Fargʻona viloyatlarida firibgarlar jinoyat ustida qoʻlga olindi

Xorazm va Fargʻona viloyatlarida firibgarlar jinoyat ustida qoʻlga olindi
DXX xabariga koʻra, Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli boʻlgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan MChJga qarashli 960 metr kvadrat boʻsh er maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga oʻtkazib, u erda koʻp qavatli turar joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Yozyovon tumani boʻlimi bosh mutaxassisi xizmat mavqeyidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini koʻtarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud boʻlmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat