16:03 / 03.02.2025
140

Chet elga chiqish uchun 70 mln. soʻm toʻlashga toʻgʻri keldi

Chet elga chiqish uchun 70 mln. soʻm toʻlashga toʻgʻri keldi
Hayotda turli sabablarga koʻra, oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola ta'minotida ishtiroki oʻta dolzarb muammoga aylanadi.

Xususan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor F.X. dan undiruvchi M.X. foydasiga voyaga etmagan farzandining ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

Qarzdor kelgusida Chet elga chiqish istagi borligini, biroq bunga taqiq qoʻyilganligi yuzasidan davlat ijrochisiga murojaat qilgan.

Byuro xodimlarining olib borilgan huquqiy tushuntirishlari natijasida ota oʻz farzandi uchun oldindan 70 mln. soʻm aliment pullarini oldindan toʻlab berdi.

Oʻz navbatida undiruvchi ushbu pullarga farzandi kelajagi uchun kichikroq uy xarid qilish istagi borligini aytgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat