18:32 / 05.02.2025
89

Oʻzbekiston boʻylab «Qoradori» tadbirlari oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston boʻylab «Qoradori» tadbirlari oʻtkazilmoqda
Foto: IIV
DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 3-4 fevral kunlari Oʻzbekiston boʻylab «Qoradori» keng koʻlamli tadbirlarining dastlabki bosqichi oʻtkazildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu bosqichda giyohvandlik va kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar oʻtkazilgan.

«Oʻtkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kgdan ortiq giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8 ming 601 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi toʻxtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 dollar va 569 million soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi», deyiladi IIV bayonotida.

Shuningdek, qoʻzgʻatilgan 222 ta jinoyat ishi doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Bundan tashqari, keng koʻlamli tadbirlar doirasida 175 ta «tigʻ», 58 ta «bita», 24 ta «kastet» va 77 ta qurol huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olingan.



IIVning ma'lum qilishicha, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettiriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat