11:23 / 06.02.2025
38

Fargʻonada qalbaki va sifati kafolatlanmagan dorilar savdosi toʻxtatildi

Fargʻonada qalbaki va sifati kafolatlanmagan dorilar savdosi toʻxtatildi
Foto: Videodan kadr
Fargʻona viloyatida qalbaki va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Qoʻqon shahrida yashovchi fuqaro Shikorbegi mahalla fuqarolar yigʻinidagi xonadonlarning biridan sifat sertifikati va yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 2005 dona ampulada “Midokalm” va 750 dona ampulada L-Lizin Essinat nomli dori vositalarini hamda qadoqlash uchun kerak boʻladigan qogʻoz quti va yoʻriqnomalarni oʻzining “Lasetti” rusumli avtomashinasiga yuklagan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Soʻngra, ushbu xonadon koʻzdan kechirilganda, 1177 dona “Aktovegin”, 165 dona “Tavegil”, 30 dona L-Lizin Essinat, 2700 dona ampulada nomsiz dori vositalari, shuningdek, dori vositalarining maxsus qogʻoz qutilari, ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar, qalbaki usulda tayyorlangan yorliqlar va dori nomlariga oʻzgartirish kiritadigan rangli boʻyoqlar solingan plastik idishlar saqlab kelinayotganligi ma'lum boʻldi.

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro oʻzining jinoiy sherigi boʻlgan shaxsga tegishli ushbu xonadonda qoʻlbola usulda dori vositalarini ishlab chiqarishga moʻljallangan yashirin tsex tashkil etgan.

Ekspertiza xulosalariga koʻra, ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalari qalbakilashtirilgan va saqlash sharoitiga amal qilinmagan boʻlib, ularni Oʻzbekiston hududida sotish hamda tibbiyot amaliyotida qoʻllash taqiqlanadi. Mazkur qalbaki dori vositalarining umumiy qiymati 78 mln soʻmni tashkil etadi.

Bu shaxs muqaddam qalbakilashtirilgan dori vositalarini oʻtkazish maqsadida tayyorlash va saqlash xatti-harakatlarini sodir qilganligi uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi hozirda sudda koʻrilayotgan boʻlishiga qaramasdan, takroran jinoyat sodir etgan.

Hozirda ikkala fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qoʻqon shahrida kuzatilgan yana bir holatda fuqaro sifat sertifikatiga ega boʻlmagan 800 dona “Dyufaston” nomli dori vositalarini 800 ming soʻmga sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, “Elevit”, “Ursosan”, “Dyufaston”, “Yodomarin” va “Dyuspatalin” nomli jami 405 010 dona, umumiy qiymati taxminan 1 mlrd 800 mln soʻmdan ortiq sifat sertifikatiga ega boʻlmagan dori vositalari, 5000 dona yoʻriqnoma va 1200 dona qadoqlash qutisi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tezkor tadbir davom davom ettirilib, uning jinoiy aloqasi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxsning xonadoni koʻzdan kechirilganda, “Midokalm” dori vositasining 900 dona yorliqlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, u “Diprosan” va “Tavegil” dori vositalari uchun 2000 donadan etiketka va foydalanish yoʻriqnomasini chop etish boʻyicha buyurtma berganligi ham ma'lum boʻldi.

Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat