13:38 / 06.02.2025
201

13 yoshli qizga shilqimlik qilgan er-xotin ishi boʻyicha protest kiritildi

13 yoshli qizga shilqimlik qilgan er-xotin ishi boʻyicha protest kiritildi
Foto: Bosh prokuratura
Asaka tumanida 13 yoshli qoʻshni qizga pul evaziga jinsiy aloqada boʻlish taklifini bergan er-xotin ishi sudda taftish tartibida qayta koʻriladi. Bosh prokuratura holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura ma'muriy ish boʻyicha chiqarilgan sud qarorlari qonuniyligini oʻrgangan. Oʻrganish natijasiga koʻra, Bosh prokuratura tomonidan Oliy sud jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay'atiga jinoyat ishlari boʻyicha Asaka tuman sudining 2024 yil 10 dekabrdagi hamda Andijon viloyat sudi apellyatsiya instantsiyasining 2024 yil 23 dekabrdagi qarorlariga nisbatan taftish tartibida protest keltirilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Asaka tuman sudi qarorida keltirilishicha, 2024 yilning 9 noyabr kuni Asaka tumanining Yuksalish mahallasida erkak voyaga etmagan qoʻshni qizdan jinsiy ehtiyojini qondirib qoʻyishini soʻragan. U qizga buning uchun 100 ming soʻm taklif qilgan.

Erkakning 1992 yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi esa 13 yoshli qoʻshni qizdan erining jinsiy ehtiyojini qondirib qoʻyishini soʻrab, buning uchun unga 50 ming soʻm berishini aytgan. Qiz ularning bu harakatidan qoʻrqib, uydan qochib chiqib ketgan.

Sud qarori bilan er-xotin shahvoniy shilqimlik qilish huquqbuzarligini sodir etgan deb topilib, erkakka 5 sutka ma'muriy qamoq, uning turmush oʻrtogʻiga esa bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, ya'ni 750 ming soʻm jarima jazosi tayinlangandi.

Erkak sud qaroridan norozi boʻlib, viloyat sudiga appelyatsiya bergan, viloyat sudi dastlabki qarorni oʻz kuchida qoldirgan.

Holatga OAV e'tibor qaratishi ortidan prokuratura sud hujjatlarini oʻrgana boshlagani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat