![Sirdaryo prokuraturasi xodimi noqonuniy dori vositasi bilan qoʻlga tushdi](/uploads/posts/2025-02/f8xltjis7bfr2f3xzdn96jkpu8tmwx7p.webp)
Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasi bilan qoʻlga tushdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati, Zangiota tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir chogʻida prokuror katta yordamchisi boshqaruvida boʻlgan "Spark" rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirildi. Natijada, mashina salonida 50 dona "Zardeks" kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Tezkor tadbir davomida ushbu dorilarni etkazib bergan shaxs ham qoʻlga olindi. Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanida yashovchi, 1997 yilda tugʻilgan fuqaro Toshkent shahrida ushlangan. Uning yonidan yana 300 dona "Zardeks" kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Qayd etilishicha, mazkur dori vositalari Qirgʻizistondan noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar