12:48 / 10.02.2025
450

Supurgilar orasiga yashirilgan giyohvand modda fosh qilindi (foto)

Supurgilar orasiga yashirilgan giyohvand modda fosh qilindi (foto)
Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kilo gashish giyohvandlik vositasini olib kirishga urinish Bojxona qoʻmitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda fosh qilindi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati
Ma'lum qilinishicha, 2025 yil 9 fevral kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Ayritom” chegara bojxona posti orqali respublikamiz hududidan tranzit tarzida oʻtish uchun kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan texnologik sxema asosida bojxona va chegara nazoratidan oʻtkazish jarayonida mazkur avtotransport vositasiga ortilgan 13,5 tonna ogʻirlikdagi supurgi xodimlarning diqqatini tortdi.

Foto: Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati

Foto: Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati

Foto: Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati
Shundan soʻng mazkur avtotransport vositasi “Ayritom” chegara bojxona postiga tutash hududdagi “Termiz” tashqi iqtisodiy foaliyat bojxona posti tasarrufidagi bojxona omboriga keltirilib, undagi tovarlar toʻliq bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda 180 ta qopda 22 ming 500 dona xoʻjalik supurgilari ortilgani aniqlangan.

Mazkur supurgilarni sinchiklab koʻzdan kechirish davomida, 2986 dona supurgilarning dastaklari orasiga aynan supurgi rangiga mos ravishda — sariq rangdagi skotch bilan oʻralgan oʻrtacha 25 santimetr uzunlikdagi poliyetilen oʻramlar mohirlik bilan yashirilgani fosh boʻldi.

Foto: Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati
Ushbu oʻramlar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib koʻrilganida, ularning ichiga oʻrtacha 200 gr ogʻirlikdagi, oʻtkir hidli, toʻq jigarrangli giyohvandlik vositasi ekani ma'lum boʻldi.

Mazkur holatda 2986 dona supurgi dastaklaridan ajratib olingan oʻramlardagi modda dastlabki tezkor analiz natijalariga koʻra “gashish” giyohvandlik vositasi boʻlib, ularning umumiy ogʻirligi 612 kilogrammni tashkil qilmoqda.

Foto: Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur giyohvandlik vositasining qora bozorlardagi narxi taxminan 16,5 mln dollardan oshadi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat