21:19 / 10.02.2025
738

Internetda toshkentliklarni soʻkkan qizga 10 sutka qamoq jazosi berildi

Internetda toshkentliklarni soʻkkan qizga 10 sutka qamoq jazosi berildi
Toshkentliklarni haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.

Sud qarorida keltirilishicha, 2000 yilda tug‘ilgan N.X. “ISFT” institutining 3-bosqich talabasi bo‘lgan. 2025 yil 4 fevral kuni Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida uning Toshkent shahri aholisini turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgani aks etgan videolavhalar tarqalgan.

Holati yuzasidan IIB binosiga kelishi so‘ralganida N.X. bundan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan. Shu sababli unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

N.X. sudda aybiga iqrorlik bildirgan hamda 4 marotaba narkoz olganligi, shuning uchun tez jahli chiqib ketishini ma’lum qilgan.

“Tarqalgan videoni aslida bir oy oldin Instagram sahifamga joylashtirganman hamda 5 minutdan so‘ng o‘chirib tashlaganman. Mening sahifam yopiq akkaunt, tanishlarimdan boshqa begona shaxslar kuzata olmaydi.

Voqea sodir bo‘lgan kuni institutga borish maqsadida taksi chaqirdim. Taksi haydovchisi yo‘lda mendan asli qayerdan ekanligimni so‘radi. U menga “Senlar molsan, senlar kelganingdan buyon Toshkentda doim tirbandlik bo‘lmoqda, qiz bola bo‘lganliging uchun senga yo‘lkirani arzonroq aytyapman” dedi. Shu gapdan so‘ng jahlim chiqdi va sahifamga o‘sha videoni joylashtirdim. Bu video Toshkent shahridagi ayrim taksi haydovchilariga tegishli edi. Ayrim blogerlar videoning faqat haqoratli qismlarini kesib olib tarqatishdi”, degan talaba qiz o‘z ko‘rsatuvida.

Shuningdek, N.X. qilgan ishidan pushaymonligini va bu kabi holatlar boshqa takrorlanmasligini aytib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2025 yil 10 fevraldagi qarori bilan N.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

N.X.ga MJtKning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik ish o‘z tasdig‘ini topmagani uchun tugatilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat