06:25 / 11.02.2025
151

Toshkentda 8,3 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi (video)

Toshkentda 8,3 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi (video)
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Tezkor tadbirda Ivan ismli shaxs qoʻlga olindi. Uning xonadoni xolislar bilan koʻzdan kechirilganda katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi mazkur giyohvandlik vositalarini internet orqali olib, grammlarga ajratib, yashirish yoʻli bilan tarqatib kelgan.

Olingan giyohvandlik vositalari 8 kg 303 gramm boʻlib, bahosi 4 mlrd 317 mln soʻmni tashkil etadi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Ushbu shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Mazkur moddaga koʻra sud hukmi bilan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat