date
views 320

Yakkasaroyda yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi

Yakkasaroyda yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi
Foto: FVV
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 11 fevral kuni soat 15:20 da Yakkasaroy tumani Kichik halqa yoʻli koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan bino ertoʻlasida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:28 da etib borib, yongʻin soat 15:45 da qurshab olingan va 16:05 da oʻchirilgan.

«Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkasaroyda yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi