
Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan boʻshatishga taqiq joriy etilmoqda. Qonun bilan Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta'til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, “Ta'lim toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta'lim shaklida oʻqishi mumkin boʻlgan ta'lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan boʻshatishga taqiq joriy etilmoqda.
Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma'lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali soʻrab oladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun bilan tartibga solinmagan qismi boʻyicha tatbiq etilishi belgilandi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar