Metan shoxobchalarga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirildi

Oʻzbekistonda 9-12 fevral kunlari metan shoxobchalarga gaz uzatish qisqartirilgan. Bu haqda Oʻzenergoinspektsiya ma'lum qildi.
Inspektsiyaning 12 fevral kungi axborotida aytilishicha, “havo keskin sovib ketgan davrlarda” tabiiy gaz birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob'yektlariga yetkaziladi, gaz quvurlari va qurilmalaridagi bosim me'yor darajasiga koʻtarilganidan soʻnggina bosqichma-bosqich AGTKShlarga ham toʻliq yetkazib berilishi belgilangan.
“Joriy yilning 9-12 fevral kunlari respublikaning barcha hududlarida tashqi havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida tabiiy gazga ehtiyoj ortganligi sababli mahalliy hokimliklar tomonidan kiritilgan grafiklarga asosan AGTKShlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik qisqartirilgan”, – deyiladi Energoinspektsiya xabarida.
Eslatib oʻtamiz, 10 fevral kuni “Buxoro–Ural” magistral gaz quvurining Buxoro viloyatidan oʻtgan qismida yorilish kuzatilib, yongʻin chiqqan edi.
Energetika vazirligi shu kuni yongʻin toʻliq oʻchirilganini ma'lum qildi. “Tabiiy gaz zaxira gaz quvuri orqali hech bir uzilishsiz oʻtkazilyapti va uning iste'molchilarga yetkazilishi shtat rejimida davom etmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Izohlar 0
…