17:47 / 15.02.2025
77

Avtomobilga gaz uskunasini oʻrnatish uchun ruxsatnomani onlayn olish mumkin

Avtomobilga gaz uskunasini oʻrnatish uchun ruxsatnomani onlayn olish mumkin
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) avtomobilga gaz uskunasini oʻrnatish uchun ruxsatnoma olish xizmati paydo boʻldi.

Xizmatdan foydalanish uchun arizani onlayn toʻldirish kerak. Vakolatli organ ariza beruvchiga arizaning ma'qullangani yoki rad etilgani toʻgʻrisida elektron shaklda 10 kun ichida ma'lumotnoma taqdim etadi.

Agar avtomobil yangi boʻlsa, hisob-fakturani ham ilova qilish kerak boʻladi.

Avtomobillarga gaz uskunasini oʻrnatish uchun arizani koʻrib chiqish yigʻimi miqdori 0,3 BHM (112 500 soʻm) qilib belgilangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat