18:32 / 17.02.2025
497

Sirdaryoda yonayotgan uydan 3 nafar bola qutqarib qolindi (foto)

Sirdaryoda yonayotgan uydan 3 nafar bola qutqarib qolindi (foto)
Foto: Sirdaryo FVB
Sirdaryo viloyati Shirin shahrida sodir boʻlgan yongʻindan 3 nafar voyaga etmagan bolalar qutqarildi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Unda aytilishicha, 17 fevral kuni soat 14:30 da Shirin shahar “Amir Temur” MFY hududida fuqaro M.B.ning yashash xonadonida yongʻin sodir boʻlgan. Voqea joyiga etib borgan yongʻin qutqaruvchilar tomonidan olov soat 14:37 da toʻliq oʻchirilgan.

Yongʻinni bartaraf etish vaqtida xonadon ichida boʻlgan 3 nafar bola qutqarib qolingan. Shu joyning oʻzida bolalarga birinchi tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatilgan.

Foto: Sirdaryo FVB
Hodisa natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok boʻlishi holatlari kuzatilmagan. Hozirda yongʻinning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Foto: Sirdaryo FVB

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat