
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati, Narpay tumanida oʻz kelinini oʻldirgan qaynona 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Zamon» teledasturida xabar berildi.
Hodisa 2024 yil 3 oktyabr kuni Narpay tumanida sodir boʻlgan. Ayol oʻgʻlining yoʻqligidan foydalanib, kelini bilan mojaro boshlagan. Janjal davomida kelinini telefonni zaryadlovchi sim bilan boʻgʻgan, soʻng shisha idish, qaychi va pichoq bilan jarohatlagan. Kelin tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Qotillikdan soʻng qaynona qochishga uringan, lekin koʻp oʻtmay qoʻlga olingan.
Ta'kidlanishicha, ayol birinchi kunlardanoq kelinini kamsitib, haqorat qilishni boshlagan. Kelin bu haqda onasiga doimiy shikoyat qilgan.
Ayblanuvchi avvalroq ota-onalik huquqidan mahrum qilinib, farzandlarini mehribonlik uyiga tashlab ketgan. Biroq voyaga etgan oʻgʻlining toʻyidan soʻng, yashashga joyi yoʻqligi bahonasida uyiga qaytgan.
Sud uni Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi «g» bandi (Oʻta shafqatsizlik bilan qasddan odam oʻldirish) bilan aybdor deb topib, jazoni yengillashtiruvchi ba'zi holatlarni hisobga olib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar