18:21 / 18.02.2025
1 761

Qamoqxonadagi oʻlim bilan bogʻliq yana bir holat yuzasidan bayonot berildi

Qamoqxonadagi oʻlim bilan bogʻliq yana bir holat yuzasidan bayonot berildi
2025 yil 11 fevral kuni 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtagan mahkum Mustafa Tursinbayev bir qavatli binoning devorlarini buzayotgan vaqtida devor qismi qulab, bosib qolgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Mahkum M.Tursinbayev zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Biroq, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan mahkum M.Tursinbayev 16 fevral kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat