date
views 642

Shavkat Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 fevral kuni Kuvaytdan Toshkentga qaytgach, shaharsozlik sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiya Respublikasining sobiq Bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Koʻp qirrali hamkorlikni muvofiqlashtirish va ilgari surishda Oqsoqollar kengashining roli va faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari yakunida qabul qilingan dastur va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida amaliy sheriklikni kengaytirish va aloqalarni faollashtirish muhim ekani ta'kidlandi.

TDT doirasidagi boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Ta'kidlash joizki, Oqsoqollar kengashi Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi doimiy maslahat organi hisoblanadi.

Turkiy dunyo shaharsozlik kongressi 2002 yilda Anqara shahrida tashkil etilgan Muhandis va me'morlar uyushmasi tomonidan oʻtkaziladi. Uyushma faoliyatida Samarqand va Navoiy shaharlari hokimliklari faol ishtirok etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi