Dunyodagi eng yirik sport kiyimi ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblangan Adidas Group'ning ikkinchi yarim yillik hisobotida Reebok brendini qayta tiklash ishlari tufayli 30 million evrolik (33,4 million dollar) xarajat qayd etiladi. Adidas bosh direktori Kasper Rorshtedning so‘zlariga ko‘ra, bu chora sekin rivojlanayotgan brenddan voz kechmaslik va uni Adidas'dan yanada mustaqil taraqqiy ettirish imkonini paydo qiladi. Bu haqida Kun.uz sayti yozmoqda.
Rorshted Henkel'dagi 8 yillik faoliyatidan so‘ng, 2016 yilning oktyabridan Adidas Group boshqaruvini qo‘lga oldi. Investorlar uning nemis sport kiyimi ishlab chiqaruvchisi boshqaruvidagi birinchi strategik qadamlarini sabrsizlik bilan kutishgan edi.
Adidas Group Reebok brendini 2005 yilda qo‘lga kiritgan. Uzoq vaqt davomida bu marka sotuvlari pasayib ketdi va kompaniya muntazam ravishda uning rivojlanishi uchun investisiya kiritishiga to‘g‘ri keldi. Oxirgi 14 chorak davomida Reebok sotuvlari o‘sdi, albatta, biroq bu o‘sish Adidas brendi va raqiblarning o‘sishiga nisbatan ancha sekin ekanligi ta’kidlandi. Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yilda Shimoliy Amerikada Reebok brendining sotuvlari umuman o‘smagan. "Reebok'ga ikki karra ko‘p kuch sarflaydigan vaqt keldi", - deya ta’kidladi Rorshted.
"Brendni qayta tiklashdan maqsad - sotuvlar o‘sishini tezlashtirish va daromadni oshirish, - dedi rahbar. - Reebok - jamoamizning muhim a’zosi. Biroq muvaffaqiyatga sportdagi kabi jamoa a’zolarining har biri o‘z hissasini qo‘shish kerak. Biz Reebok'dan shuni kutmoqdamiz", - dedi u.
Buning uchun Adidas Group faqatgina Reebok brendi bilan shug‘ullanuvchi maxsus jamoa tuzadi. Kompaniya AQShdagi Reebok do‘konlari sonini ikki barobarga kamaytirmoqchi hamda Reebok FitHub'ning ba’zi do‘konlarini yopmoqchi. 2016 yil oxiriga borib, Reebok brendining 20ta do‘koni hamda Reebok FitHub'ning deyarli yarmi yopiladi. Kompaniya buning o‘rniga Reebok'ning ulgurji sotuvlariga urg‘u beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari