
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.Yu. 3 000 AQSh dollarini 39 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 5 410 AQSh dollari, 51 600 Rossiya rubli, 13 450 Qirgʻiz somi va 16,4 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Departamentning Koson tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro P.M. 3 300 AQSh dollarini 42,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, undan jami 2 800 AQSh dollari va 93,3 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Nishon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.K. va boshqalar fuqaro B.T.ga 3 400 AQSh dollarini 44,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar