12:35 / 21.02.2025
1 137

Endi, jarima ballari 12 balldan oshsa, haydovchi transportni boshqara olmaydi

Endi, jarima ballari 12 balldan oshsa, haydovchi transportni boshqara olmaydi
Belgilangan huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun transport vositasi haydovchisiga nisbatan mazkur huquqbuzarliklarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi.

Yangi qonun bilan Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi.

Ularga koʻra, quyidagilar uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi:

?Yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma'muriy jazo qoʻllanishi. Bunda:

➖Belgilangan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur huquqbuzarliklarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori 2 balldan oshmasligi kerak;

➖Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e'tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil oʻtgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda echiladi;

➖Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan tartibda qoʻshimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam boʻlmasligi belgilandi.

?Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun;
?Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzganlik uchun;
?Transport vositalarini quvib oʻtish qoidalarini buzganlik uchun;
?Yoʻl bezoriligi uchun;
?Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik uchun.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat