
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, Dehqonobod tumaniga fuqaro E.S. fuqaro B.T.ga 3,7 ming dollarni 48,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Jondor tumanida fuqaro B.B. fuqaro U.Q.ga 3,4 ming dollarni 45 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, Buxoro shahrining “Karvon bozori” savdo markazida fuqaro D.A. fuqaro G.B.dan 3,3 ming dollarni 42,5 so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar