Bu yilgi Super Oy hodisasi oxirgi 70 yilda eng qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Super Oy — bu oxirgi yillarda OAVda keng tarqalgan norasmiy ibora bo‘lib, Oy to‘lishi va uning erga eng yaqin masofaga kelishi bir vaqtda sodir bo‘lganda kuzatiladi.
O‘zbekiston aholisi 13-14 noyabr kunlari Super Oy hodisasini kuzatishi mumkin, deb xabar qilmoqda Ut.uz nashriga asoslangan holda "Diydoraziz" nashri.
Super Oy — bu astronomik hodisa bo‘lib, u Oy to‘lishi va uning Erga eng yaqin masofaga kelish hodisalari bir vaqtga to‘g‘ri kelganda sodir bo‘ladi. Ma’lumki Oy Er atrofida elipsga o‘xshash traektoriyada aylanadi, ya’ni yil davomida oy ikki marta erga yaqin kelib, ikki marta erdan uzoqlashadi. Er oydan uzoqlashganda u kichikroq bo‘lib, yaqinlashganda esa kattaroq bo‘lib ko‘rinadi.
Bu yilgi Super Oy hodisasi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Oltoy o‘lkasi va G‘arbiy Sibir hududlarida yashaydigan aholiga ayniqsa yaxshi ko‘rinadi. Asosiysi osmon bulutli bo‘lmasa bo‘lgani. Olimlar aytishiga qaraganda bu yilgi Super Oy hodisasi oxirgi 70 yil ichida eng qiziqarlisi bo‘lishi kutilmoqda. 13-14 noyabr kunlari gorizontda ulkan och pushtirang Oyni tomosha qilish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari