14:15 / 01.03.2025
165

Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi qo‘lga olindi

Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi qo‘lga olindi
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodim, elektr ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi va maktab direktori o‘rinbosari ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi Boshqarmaga qarashli Maxsus tibbiy ta’minot bazasida saqlanayotgan tibbiyot buyumlarini xaridorga hujjatlarni qalbakilashtirish orqali 57 ming 880 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 40 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax filiali Sharof Rashidov tumani elektr ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi mazkur aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Energosavdo” korxonasining tuman bo‘limi nazoratchisi bilan o‘zaro til biriktirib, yakka tartibdagi tadbirkorning M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li yoqasida joylashgan yer maydoniga elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchasini tashkil etishi uchun 400 kVtli transformator o‘rnatish, tegishli tartibda barcha hujjatlarni tayyorlash va tarmoqqa ulab berish evaziga 90 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyatida qayd etilgan yana bir holatda, Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahridagi umumta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda yo‘nalish bo‘yicha kimyo va biologiya fanlaridan imtiyoz beruvchi milliy sertifikat olish bo‘yicha imtihonlarning test savollari va javoblarini mansabdor tanishlari orqali olib berish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, 8 ming AQSH dollari va 156 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasining 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat