
Prezident farmoni bilan ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.
U endi prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayevga o‘rinbosarlik qiladi.
Oldinroq Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelgan Aziz Toshpo‘latov ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani, shu munosabat bilan Po‘lat Bobojonov lavozimdan ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Po‘lat Bobojonov (1961 yilda tug‘ilgan) 2017 yil sentyabr oyidan buyon Ichki ishlar vazirligini boshqarib kelayotgandi.
U muqaddam Buxoro va Jizzax viloyatlarida prokurorlik qilgan, 2012 yildan 2017 yilgacha Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar