20:06 / 03.03.2025
177

O‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etilgan xorijiy so‘zlar

O‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etilgan xorijiy so‘zlar
O‘zbekiston Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan 30 ta xorijiy so‘zni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Institut quyidagilar taklif qildi:
- Aysberg - Muztog‘
- Bruschatka - Yo‘lg‘isht
- Diskussiya - Bahs, munozara
- Zona - Hudud
- Instrument - Ish quroli
- Intensiv - Jadal
- Kamera - Bo‘lma
- Konstruksiya - Tuzilma
- Koordinator - Muvofiqlashtiruvchi
- Koridor - Yo‘lak
- Lider - Yo‘lboshchi, yetakchi
- Marshrut - Yo‘nalish
- Progress - Ilg‘or, rivojlanish
- Dostavka - Yetkazish
- Probeg - Yurim
- Set (ovqatlar seti bo‘yicha) - To‘plam
- Oprava - Ko‘zoynak bandi
- Polik - To‘shama
- Balansirovka - Muvozanatlashtirish
- Vnedorojnik - Yo‘ltanlamas
- Chelenj - Chorlov
- Navigator - Yo‘llagich
- Selfi - O‘zchekim
- Svetofor - Yo‘lchiroq
- Ekspluatatsiya - Foydalanish
- Aksiya - Yalpi harakat
- Kuler - Suvlik
- Keshbek - Hadya-qaytim
- Poverbank - Kuchlantirgich
- Karving - Meva bezakchiligi

«Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va ko‘rib chiqadi. Tilimizga befarq bo‘lmang!», deyiladi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabarida.

Taklif etilgan so‘zlar bo‘yicha har kim o‘z fikri va boshqa muqobilini quyidagi sahifada qoldirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat