9 443
Farg‘onalik shoira: Bosh vazirning qabulhonasiga qo‘ng‘iroq qilib Yulduz Usmonovani saxnaga qaytarishni iltimos qildi
Farg‘onalik shoira Lola Sobirova Bosh vazirning qabulhonasiga qo‘ng‘iroq qilib O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani saxnaga qaytarishni iltimos qilganini o‘z sahifasida bayon qildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri, Shavkat Mirziyoyevga murojaatnoma!!!
Assalomu alaykum Shavkat Mirziyoyev! Men Sabirova Lola Xamidovna, Farg‘ona shahrida istiqomat qilaman. Fargona shahar xotin — qizlari nomidan murojaat qilyapman! Sizdan iltimos, Xalqimiz sevgan O‘zbek san’atining Qirolichasi, O‘zbegim Primadonnasi, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsertlarini Farg‘ona shahrida ham tashkillashtirib bersangiz! Engil elpi qo‘shiqlardan charchadik! «Oldingdan oqqan suvni qadri yo‘q » bo‘lmasin! Bunday iste’dod egalari ming yilda bir dunyoga kelsa kerak. Borligida qadriga etishimiz betakror Primadonnamizning san’atlaridan bahra olishimiz kerak, albatta!! Nega endi shuncha yillar faqat xalqining dardini kuylariga jo qilib kelgan, Yuraklarimizdan joy olgan o‘zimiz sevgan san’atkorning san’atidan bahra ololmaymiz!» - deb yozadi shoira.
Lola Sobirova iltimosida Yulduz Usmonovani qaytarish 11 yillik dard alam ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
«Har yili Yulduz Usmonova kichkina albom taqdimoti qilib Toshkentda o‘tkazadilar, biz viloyatdagi muxlislarga taklifnoma ortmaydiyam, tegmaydiyam, o‘zimizni viloyatda ham konsert qo‘yilsa biz ayollar ham madaniy hordiq chiqarsak. Mana 11 - yil bo‘libdiki o‘zimiz sevgan san’atkorni konsertlaridan bahra ololmaymiz! Biz ayollar sizdan katta narsani talab qilmayapmiz,Ollox jonimizni sog‘ qilsa qolgan narsalarga o‘z mexnatlarimiz bilan erishaveramiz! Bizning ham arizamizni bee’tibor qoldirmasangiz boshimiz ko‘kka etar edi! Yuragimizdagi 11 yillab yotgan dardlarimizni aritgan bo‘lardingiz! Biz haqiqiy san’at shaydolari. Bizning Farg‘ona ahli O‘zimizning Sevimli San’atkorimiz, O‘zbegimning yakkayu yolg‘iz Primadonnasi,San’atimiz Qirolichasi Yulduz Usmonova ijrosida konsert dasturlarini intizorlik bilan kutib qolamiz!! Hurmat bilan, Lola Sobirova» - deb yakunlaydi o‘z murojaatini muallif. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi