
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 10 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Do‘stlik MFY hududida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasining hovlisida joylashgan ikkita 9 tonnali sig‘im yongan.
Voqea joyiga qutqaruv xizmatidagi to‘rtta yong‘in qutqaruv bo‘linmalari soat taxminan 22:04 da yetib borib, soat 22:33 da yong‘inni to‘liq o‘chirgan.
Yong‘in oqibatida ikki nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.
«Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda», — deyiladi xabarda.
Foto: FVV matbuot xizmati

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar