20:48 / 11.03.2025
326

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Ayubxon Rahmatullayev / Foto: IIV matbuot xizmati
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan, polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rahmatullayev 2021 yil mart oyidan buyon Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. U muqaddam ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – moliya va moddiy texnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ulug‘bek Toshxo‘jayev / Foto: IIV matbuot xizmati
Shuningdek, prezident farmoyishi asosida, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuhratovich Toshxo‘jayev tayinlandi.

Toshxo‘jayev 2021 yil aprelidan buyon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

IIVning 11 mart kungi xabariga ko‘ra, bu ikki tayinlov haqida vazirlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar IIBBni boshqarib kelgan general-mayor Aziz Toshpo‘latov o‘tgan hafta IIV rahbari lavozimida ish boshlagan edi.

U 7,5 yildan buyon vazir lavozimida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonovning o‘rnini egalladi. Bobojonov faoliyatini prezidentning kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchisiga o‘rinbosar sifatida davom ettirmoqda. IIVda uning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Shavkat Rahmonov ham lavozimidan ozod etilgan.

Toshkent shahri IIBBni esa endilikda Xorazm viloyati IIBning sobiq boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev boshqarmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat