14:06 / 14.03.2025
22

20-30 mart kunlari «Yoshlar turizmi haftaligi» o‘tkaziladi

20-30 mart kunlari «Yoshlar turizmi haftaligi» o‘tkaziladi
2025 yil 20-30 mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan Turizm qo‘mitasi tomonidan «Yoshlar turizmi haftaligi» tadbirlari o‘tkaziladi. Haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlariga chorlaymiz.

Ushbu haftalik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.

Shuningdek, «Vaqf» xayriya fondi tomonidan yurtimizdagi 182 ta ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarda bepul sayohat qilish hamda muzey va ziyoratgohlarga kirish chiptalari uchun 50% gacha chegirmalar belgilangan.

Qayd etish joizki, «Yoshlar turizmi haftaligi» Prezidentning 2022 yil 30 apreldagi «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq o‘tkazilib kelinmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat