
14 mart kuni AOKAda mahallalarda xavfsiz muhit va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi masalasida IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar so‘nggi vaqtlarda ko‘p kuzatilayotgan, profilaktika inspektorlarining eri ishlashga ketgan ayollar bilan «qo‘lga tushayotgani», bularning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rilayotgani haqida so‘radi.
«O‘sha nopok xodimlar haqida gapirib o‘tdingiz. Har bir tizimda bunaqa… bor, deb o‘ylayman. 2024 yilda yurtboshimiz o‘tkazgan selektorlarda profilaktika inspektorlarining kamchiliklari, vatanga sadoqati kamayib ketgani va qing‘ir-nopok yo‘llarga aralashib qolganligi bo‘yicha juda qattiq e’tirozlar bildirildi. Shundan so‘ng, vazirning farmoyishiga asosan, biz 2024 yil oktyabr oyidan boshlab respublika bo‘ylab navbatdan tashqari attestatsiyalar o‘tkazdik.
Attestatsiyada tizimning yuzini yerga qaratadigan, tizimga dog‘ tushiradigan, bilim saviyasi past va fuqarolar bilan muomalada qo‘pol munosabatda bo‘lgan xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi. Ularning bilim darajasi tekshirilib, 300 ga yaqin profilaktika inspektori ichki ishlar safidan bo‘shatildi va 100 ga yaqini esa lavozimidan ozod etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan salbiy holatlar, xudoga shukr qilamanki, 2024 yilda sodir etilgan. 2025 yilda 3 oy yakunlanyapti, bunday salbiy holatlar uchramadi.
Bu ham bizning kadrlar bo‘limi va inspeksiyamiz tomonidan juda qattiq nazorat o‘rnatildi. Har bir profilaktika inspektori mahallaga qachon chiqdi, qayerda va qachon faoliyat yuritayotgani nazoratga olinishi belgilandi. Navbatdan tashqari attestatsiyalar yana takror o‘tkaziladi, to‘xtatmaymiz. Yurtboshimiz, hukumat va ichki ishlar vazirimiz talabiga mos xodimlar yetishmaguncha biz bu attestatsiyalarni o‘tkazamiz», — dedi IIV JXD huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Rahimjon Naimov.
«Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha departamentning mas’ul xodimlari tomonidan profilaktika sohasida faoliyat yuritayotgan har bir xodim yil davomida IIV malaka oshirish institutida o‘qitiladi. Kasbiy bilim va ko‘nikmalar, vatanga sadoqat ruhida ishlash, xizmat intizomni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Umida Abdullayeva / Foto: AOKA
Agar shuncha bilim va tajribalarga yetkazilganidan keyin ham, xodimlarning nopokligi o‘zgarmasa yoki xizmatga yondashish mas’uliyati kuchaymasa, ular navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkaziladi», deya qo‘shimcha qildi HPX boshlig‘ining yana bir o‘rinbosari, polkovnik Umida Abdullayeva.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyida Xorazm viloyati Shovot tumanida profilaktika inspektori eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida, tungi vaqtda erining qarindoshlari tomonidan ushlab olingan edi. IIV ushbu harakatlari uchun xodimni ichki ishlar organlari safidan bo‘shatish masalasi ko‘rib chiqilayotganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar