
Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlaridan so‘ng fuqarodan 118,2 mln so‘m qarzdorlik davlat tashkiloti foydasiga undirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Oliy sudning 2025 yil 4 fevral kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra qarzdor U.G‘ dan davlat bojxona qo‘mitasi foydasiga 118,2 mln so‘m undirish belgilangan.
Mazkur hujjat Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va harakatlar olib borilgan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Ammo, shu vaqt ichida qarzdorlik qoplamaganlik sababli, ijro harakatlar olib borildi. Qarzdor U.G‘ bilan o‘tkazilgan tushuntirishlar samara berib, u qarzdorlikni to‘liq to‘lab berdi. Shu bilan bir qatorda, qo‘llanilgan 8,5 mln so‘m davlat boji ham undirildi.
Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar