
Foto: Cross Works
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning Yuqori Chirchiq tumani hududidan «Yangi Toshkent shahri»ni barpo etish direksiyasiga yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tumanidan 122,3 gektar yer maydoni Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratilgan.
Xususan, Bordonko‘l hududidan 75,22 gektar, Do‘stlik hududidan esa 47,1 gektar yer maydonlari ajratilgan.
Shu kunga qadar jami 220 gektardan ortiq yer maydonlari «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning oktyabrida Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi o‘zgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga ajratib berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar