21:55 / 18.03.2025
21

Voyaga yetmagan shaxslar manfaati alohida e’tiborda

Voyaga yetmagan shaxslar manfaati alohida e’tiborda
Konstitutsiyamizda belgilanishicha, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sud qaroriga asosan aliment undiriladi.

Joriy yil boshida Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tuman (shahar) bo‘limlari ish yurituvida voyaga yetmagan shaxslarning moddiy ta’minoti uchun aliment undirish bilan bog‘liq 9 163 ta jami 83,8 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida voyaga yetmaganlar ta’minoti uchun 9,6 mlrd. so‘m aliment mablag‘lari undirib berilgan.

Shu bilan birga, aliment mablag‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan qarzdorlarga nisbatan javobgarlik masalasi hal etilib, bu borada jazo muqarrarligi ta’minlanib kelinmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat