
Foto: Videodan kadr
Instagram'da “Gelik” avtomobilining oynalari sindirib ketilgani haqida er-xotin videosi tarqaldi. Unda ayol “Gelik” rusumli avtomobili oynalarini kimdir sindirib ketgani, bu uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilishini aytib yig‘lagan. Uni turmush o‘rtog‘i tasvirga olgan.
Shundan keyin er-xotinning uzr so‘rab chiqqan 2-videosi tarqaladi. Videoga ko‘ra, ulardan ichki ishlar organlari uzr so‘rattirishgan. Juftlik oldingi video hazil tariqasida olingani, bundan afsusda ekanini aytgan.
“Uchtepa tumanida yashaymiz. 2 kun oldin mashinamizning old oynasi singandi. Bu kishi (turmush o‘rtog‘i) almashtiraman deganlari uchun qarindoshlarimizga prank qilaylik degan maqsadda old oynasini o‘zimiz sindirdik va uni video qilib, men Instagram'imga qo‘ydim. Bu noto‘g‘ri ma’noda hamma joyga tarqaldi. Buning uchun ichki ishlar xodimlaridan va buni noto‘g‘ri tushungan insonlardan uzr so‘raymiz. Biz buni o‘zimiz uchun qilmoqchi edik, bu qonuniy emas ekan”, – degan ayol.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar