
Yevropa Ittifoqi (EI) davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklarga original tabrik yo‘lladi.
Tabrik videolavha shaklida tayyorlanib, unda Chexiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Latviya, Vengriya, Ruminiya, Slovakiya elchilari, shuningdek, Bolgariya va Ispaniyaning muvaqqat ishlar vakillari ishtirok etdi. Ular sharqona yangi yilni nishonlab, o‘zbek tilida she’r o‘qidilar.
EIning O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar esa nafaqat she’r o‘qidi, balki musiqiy ijroga ham hamrohlik qildi. U o‘zining chiqishida qo‘biz cholg‘usini targ‘ib etib, ushbu qadimiy so‘zning mohiyatini yoritib berdi.
Diplomatlar ijrosidagi she’rda quyidagi satrlar aks etdi:
Ona yer taftidan g‘uncha gul ochar,
Gullar qo‘shiq kuylab hidlarin sochar,
Yaproq chapak chalgaç, bolari qochar,
Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!
EI diplomatlarining mezbon mamlakatga ehtirom ramzi sifatida o‘zbek tilida tabrik yo‘llashi yaxshi an’anaga aylanmoqda. Avvalroq, 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ham shunday videoqutlov yo‘llangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar