16:43 / 26.03.2025
46 989

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan. U Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.

Bunday obyektlar ichida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat