
O‘zbek adabiyotining yirik nomoyondalaridan biri marhum Erkin Vohidov 13 yil avval Shavkat Mirziyoyev haqida aytgan gaplarini saylov oldidan upl internet portali (rus tilida) ommalashtirdi.
Erkin Vohidov: «Men Shavkat Mirziyoyevni 1989 yildan buyon taniyman. U g‘ayratli inson. Shavkat Mirziyoyev ikki katta viloyatlarning hokimi sifatida o‘zini ko‘rsatib ulgurdi. U rivojlanish va cho‘qqilarni zabt eta olishi mumkinligini isbotlab berdi. U doim o‘z qarashlariga va yo‘nalishiga ega bo‘lgan. U boshqaruvchilik qobiliyatiga ega ekanligini to‘liq nomoyon eta oldi. Mening fikrimcha, bugun O‘zbekistonga ana shunday kuchli xarakterga ega shaxslar kerak. Uning ish tajribasi va tirishqoqligi kelajakda unga yordam beradi. U iqtisodiyot, ilm fan va buyuk qadriyatlarimizning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi deb umid qilaman.»
Xalq shoiri va qahramoni Erkin Vohidov ushbu nutqini Sh.Mirziyoyevning Bosh vazirlikka tayinlanishi vaqtida aytib o‘tgan edi.
Manba:diydoraziz.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar