
Mashhur xonanda Dilfuza Ismoilova katta miqdordagi mablag‘dan mahrum bo‘ldi. Hudud informatsion dasturining xabar berishicha, u 80 ming AQSH dollari miqdoridagi pulga chuv tushgan. Hozirda mazkur ish Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.
Firibgar qanday ishonch qozongan?
Ish tafsilotlariga ko‘ra, sudlanuvchi avvaliga xonandaning «gap»iga qo‘shilib, unga ishonch qozonishga harakat qilgan. Keyinchalik o‘zini sitrus mevalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor sifatida tanishtirgan. U chetdan olib kelinadigan sitrus mevalarning har bir yuk mashinasi uchun 25-30 ming dollar foyda keltirishi mumkinligini aytgan.
Bu g‘oya Dilfuza Ismoilovaga qiziq tuyulgan va u «Men ham biznes boshlamoqchi edim, yaxshi reja ekan, pul tikaman» deb firibgarga ishongan. Ular foydani teng bo‘lishga kelishgan, ammo bu shunchaki aldamchilik sxemasi bo‘lib chiqqan.
Sud jarayoni va firibgarning oldingi jinoyatlari
Hozirda mazkur ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Sudlanuvchi oldin ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha sudlangan. U nafaqat Dilfuza Ismoilova, balki boshqa fuqarolarga ham moddiy zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin.
Mazkur holat tadbirkorlik yoki investitsiya qilishda ehtiyotkorlik va huquqiy hujjatlar asosida ish tutishning muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Sud jarayoni davom etayotgan bo‘lib, firibgar qonun oldida javob beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar