date
views 13 872

1 maydan O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun yangi tariflar amalga kiritiladi

1 maydan O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun yangi tariflar amalga kiritiladi
O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun to‘lov tartibida muxim o‘zgarishlar kutilyapti. Vazirlar Mahkamasining 194-son qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 maydan boshlab aholi uchun yangi tariflar amalga kiritiladi. Bu haqda Energetika vazirligi rasman ma’lum qildi.

Tariflar nega o‘zgardi?
Bu qaror Prezident topshirig‘i asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, aholi uchun yengillik yaratish maqsadida joriy qilindi. Ilgariroq 1 apreldan boshlanishi kerak bo‘lgan narxlar oshishi 1 mayga surildi, shu bilan birga yangi, aholi manfaatiga moslashtirilgan to‘lov miqdorlari belgilab berildi.

Yangi narxlar qanday bo‘ladi?
Eng asosiy yangilik — 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha bo‘lgan yangi iste’mol toifasi joriy etilayotgani. Ya’ni:
  • 200 kVt soatgacha — bazaviy tarif
  • 201 dan 500 kVt soatgacha — 800 so‘m (ilgari bu miqdor 900 so‘mdan 1000 kVt soatgacha bo‘lgan uchun to‘langan)

Shu tariqa, o‘rtacha oyiga 500 kVt soat energiya ishlatadigan xonadon misolida:

Ya’ni, umumiy to‘lov o‘zgarmaydi, ammo tarif tizimi qayta shakllantirildi: bazaviy normaga 30 ming so‘m qo‘shildi, lekin 201–500 kVt oralig‘ida 100 so‘mlik yengillik berildi.

Boshqa o‘zgarishlar ham bor
Yangi qarorga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1 mayda qayta ko‘rib chiqiladi. Indeksatsiya inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, 10%dan oshmasligi belgilangan.

Energiya resurslari bo‘yicha narxlar oshishiga qaramay, hukumat aholi uchun mo‘tadil va adolatli tarif tizimini yo‘lga qo‘ymoqda. Eng ko‘p tok ishlatadigan toifadagi xonadonlarga ham narxlar “osmonga otilib ketmasdan” hisoblangan. Endi esa tok sarfini rejali qilib, mablag‘ni tejash mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat